UzbekRussianEnglish

TILGA E’TIBOR – ELGA E’TIBOR!

TILGA E’TIBOR – ELGA E’TIBOR!

PDFPrintEmail

Til – bu insonlarning o’zaro muloqotini ta’minlabberuvchi ijtimoiy hodisa. Til jamiyatga, to’g’rirog’i o’zaro munosabatga kirishuviga, aloqa qilishiga xizmat qiladi, shuning uchun u ijtimoiy hodisa sanaladi.

Yer yuzida tillar ko’p. Olimlarning hisob-kitobiga ko’ra, ularning miqdori uch mingdan ortiq. Masalan, rus, koreys va boshqa tillardir. Tillarning barchasi insonlar o’rtasidagi aloqa almashinuvini ta’minlash vazifasini bajaradi.

 

Rossiyada rus tilida, Fransiyada fransuz tilida, Eronda fors tilida gaplashishadi.

Har bir til asrlar davomida rivojlanib, boyib boradi. Jamiyatdan uzilgan, insonlarning o’zaro aloqasiga xizmat qilmaydigan til o’lik tildir.

Mustaqillikka erishganimizdan keyin o’zbek tilining ijtimoiy vazifalari yanada kengaydi. Mustaqillik sharofati tufayli respublikamiz dunyoning barcha mamlakatlari bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqa qilish imkoniyatiga ega bo’ldi. Respublikamiz fuqarolari turli mamlakatlarda bo’lib, o’rganib, o’rgatib qaytmoqdalar. Agar siz Toshkentdan poyezdga o’tirib, Moskva va u orqali Parijga safar qilsangiz, yo’lingizda qozoq, tatar, rus singari tillardagi gaplarni eshitasiz. Bu jarayonda ularning ayrimlari ona tilingizga qaysibir jihati bilan yaqin, shu bilan birga nimasi bilandir farqli ekanligini, ayrimlarining esa tamoman boshqa, ona tilingizga o’xshamasligining guvohi bo’lasiz.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, til insonlarning aloqa vositasi bo’lishi bilan birga, ular hayotida muhim omil hisoblanadi.

Muxlisa Hasanova

RIMSAL oquvchisi

 

© 2014 - RIMSAL
   
| Friday, 18. April 2014 || Designed by: LernVid.com |