KITOB – MA’NAVIYAT QUYOSHI

KITOB – MA’NAVIYAT QUYOSHI

   “O‘zimdagi barcha yaxshi fazilatlar uchun kitobdan minnatdorman”, - deb yozgan edi taniqli adiblardan biri. Ha, kitobning inson ma’naviy dunyosida o‘rni beqiyos. Kitobga tafakkurning tolmas qanoti deb ta’rif berishganda, u insonning ma’naviy olamini boyitish, yuksak ijodiy va yaratuvchanlik orzulari ichida harakat qilib yashashi nazarda tutilgan bo‘lsa kerak. Buyuk bobokalonlarimiz bola tarbiyasida kitobning o‘rni kattaligini, kitobni nihoyatda qadrlash, shuningdek bunday bebaho adabiy merosdan samarali foydalanish kerakligini ta’kidlab o‘tganlar.

   Kitob hamma davr va xalqlarning eng ulkan kashfiyoti bo‘lib, ajdodlarning tajribasini jamlash va jamg‘arishga ko‘mak berib keladi. Qabilalar, odamlar, davlatlar yo‘qolib ketavergan, ammo ulardan esdalik bo‘lib kitob qolgan.

   Kitob va kitobxonlik masalasi keng targ‘ibi, kitobsevarlarni tarbiyalash adabiyot fanining birinchi vazifasidir. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda muassasamizda 8 yildan buyun “Ona tili va adabiyot fanlari oyligi” doirasida “Zukko kitobxon” tanlovi an’anaviy ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchi-yoshlar orasida kitobxonlikni rivojlantirish, mutolaa madaniyatini oshirish, axborot kommunikatsion texnologiyalar orqali kitobsevarlikni targ‘ib qilishdir.

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvardagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlikni madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosini ta’minlash hamda “Oktabr – ona tili va adabiyot fanlari oyligi”ni samarali tashkil etish maqsadida 2017-2018 o‘quv yiliga bag‘ishlangan “Zukko kitobxon” tanlovi joriy yilning 27-oktabr kuni o‘tkazildi. Unda 7-“A” sinfidan iborat “Bilimdon”, 7-“E” sinfidan “Ziyo”, 7-“F” sinfidan iborat “Qaqnus” jamoalari 5 shart asosida bellashdilar:

1-shart – “Tanishtiruv”;

2-shart – “Zukko kitobxon” ijodiy albomi;

3-shart – o‘qilgan badiiy asarlar bo‘yisha tezkor “savol-javob”;

4-shart – “Notiqlik mahorati”;

5-shart – “Noma’lum asar”.

   Tanlovda 118 ball bilan “Qaqnus” jamoasi 1-o‘rinni; 117 ball bilan “Ziyo” jamoasi 2-o‘rinn qo‘lga kiritdilar. “Bilimdon” jamoasi esa 104 ballga ega bo‘ldilar.

Ona tili va adabiyot kafedrasi mudiri Z.Kozimova

 

Haftalik yangiliklarga a'zo bo`lish