LIDITSE - 45-xalqaro bolalarning ijodiy ishlari ko`rgazmasi.

LIDITSE - 45-xalqaro bolalarning ijodiy ishlari ko`rgazmasi.

      2017-yilning may oyida Chexiyaning Liditse shahrida bo`lib o`tgan 45-xalqaro bolalarning ijodiy ishlari ko`rgazmasida 83 ta mamlakatdan 25690 ishtirokchilar o`z ijodiy ishlari bilan qatnashdilar. Shular qatorida O`zbekistondan ham 7 ta muassasadan 208 ijodiy ishlar yuborildi.  Muassasamiz o`quvchilari ushbu ko`rgazmada munosib ishtirok etdilar va faxrli o`rinlarni qo`lga kiritdilar. Jumladan, o`quvchilarimizdan Fatxullaxo`jayev  Nodir ko`rgazmaning oltin medali bilan taqdirlangan bo`lsa, eng yaxshi muassasa nominatsiyasi bo`yicha Aliboyev Bo`ron, Xojixo`jayev Nuriddin, Ziyodullayev Tulqin, Abduhakimov Abror ijodiy ishlari jamlanmasi bilan qatnashib oltin medalga sazovor deb topildi.

     2018-yil 15-yanvarda Chexiya elchixonasida Chexiya davlatining O`zbekistondagi elchisi Yaroslav Siro, o`quvchi va o`qituvchilar hamda  bir guruh jurnalistlar  ishtirokida  taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi. Elchixona tomonidan o`quvchilarimiz estalik sovg`alari bilan taqdirlandilar. Ushbu ko`rgazmaga ishtirok etishdan ko`zlangan maqsad yosh ijodkor rassomlarni ijodiy faoliyatlarini yanada rivojlantirish, barkamol avlod qilib yetishtirishdir.

Haftalik yangiliklarga a'zo bo`lish