“Oktabr - ona tili va adabiyot fanlari oyligi”ning ochilish marosimi

“Oktabr - ona tili va adabiyot fanlari oyligi”ning ochilish marosimi

Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san`at akademik litseyimizda 2-oktabr 2017-yil kuni “Oktabr - ona tili va adabiyot fanlari oyligi”ning ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Ushbu yig’ilishda Alisher Navoiy nomidagi O’zbek tili va adabiyoti universiteti doktoranti Ismoilov Ilyos Abduqayumovich “Til – millat mulki” mavzusida kichik ma`ruza qildi. Ona tilimizning naqadar boy tarixga ega ekanligi, tillar orasida o’z mavqeyiga ega ekanligi alohida ta`kidlab o’tildi. Yig’ilishda litseyning o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari F.Sadikov, ona tili va adabiyot fanlari kafedrasi mudiri Z.Kozimova, barcha ona tili va adabiyot fanlari o’qituvchilari, 7-, 8-, 9-sinf o’quvchilari ishtirok etdilar. 9-sinf o’quvchilari milliy tilimizni ulug’lab, she`rxonlik qildilar.   

Haftalik yangiliklarga a'zo bo`lish