Biz haqimizda

RESPUBLIKA IXTISOSLASHTIRILGAN MUSIQA VA SAN’AT AKADEMIK LITSEY
RESPUBLIKA IXTISOSLASHTIRILGAN MUSIQA VA SAN’AT AKADEMIK LITSEY

     Mustaqillik yillarida mamlakatimizda bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatini yanada rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Ayniqsa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 20 noyabrda PQ-2435-sonli “Bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2016 — 2020 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarorining qabul qilinishi o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, bolalarning ijodiy salohiyatini yanada keng ochib berish, musiqa va san’atni yanada chuqurroq tushunishi hamda ularga nisbatan mehr-muhabbat uyg‘otish, musiqa va tasviriy san’at sohalarida jahon buyuk merosini o‘rganib bilishlari uchun shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratib berdi. Yoshlarning damli va zarbali cholg‘u asboblariga bo‘lgan qiziqishlarini yanada qo‘llab-quvvatlash, ularning keyinchalik maxsus kasb ta’limi olishini ta’minlash va yuqori malakali ijrochilar tayyorlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 16 dekabr 335-sonli “Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at akademik litseyini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan. Ta’lim muassasasida o‘qitish umumiy hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Davlat ta’lim standartlarining o‘quv rejalari va dasturlari asosida amalga oshirilib kelinmoqda. Akademik litsyda 5-9 sinflarda 739 nafar, akademik litsey guruxlarida 1-3-bosqichlarda 81 nafar o‘quvchi jami 816 nafar o‘quvchi taxsil olmoqda. Bugungi kunda Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at akademik litseyida jami 135 nafar pedagog xodimlar o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berib kelmoqda. 2009 yildan boshlab hozirgi kungacha ta’lim muassasasi pedagog xodimlari tomonidan 4 ta monografiya, 2 ta o‘quv, 12 ta o‘quv-uslubiy, 21 ta uslubiy qo‘llanmalar, 15 ta tarqatma materiallar, 7 ta didaktik ko‘rsatmalar, 200 dan ziyod ilmiy-uslubiy maqolalar (xalqaro va mahalliy jurnallarda) nashr etildi. 2013-2014 hamda 2015-2016 yillar davomida 3 ta loyihada 3 nafar pedagog xodim Xalq ta’limi vazirligining innovatsion loyihalarida ishtirok etishdi. 2017-2018 yillar uchun belgilangan loyihalarda ham 3 nafar pedagog xodim loyiha a’zosi hisoblanadi. 2009-2017 yillar davomida ta’lim muassasasining 2 nafar ilg‘or o‘qituvchisi “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20 yilligi” ko‘krak nishoni, 18 nafar xodim vazirlikning “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni, 2 nafar pedagog xodim fidokorona mexnati uchun Madaniyat vazirligining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi. Akademik litsey Respublikamizda damli va zarbli cholg‘u ijorochilarini tayyorlashga ixtisoslashgan yagona ta’lim muassasasi hisoblanadi. Ta’lim muassasasi o‘quvchilaridan tashkil topgan orkestr jamoalari Respublikamizdagi davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan barcha tadbirlarda ishtirok etib kelmoqda. Akademik litsey bitiruvchilari Mudofaa vazirligi huzuridagi Alohida namunali-ko‘rgazmali harbiy orkestri, Ichki ishlar vazirligining Alohida namunali-ko‘rgazmali hamda Qorovul qo‘shinlari harbiy orkestri, Milliy xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari orkestri, Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklari tasarrufidagi oliy harbiy o‘quv yurtlari orkestrlari, madaniyat yo‘nalishidagi respublikamiz simfonik va filarmonik orkestrlari, teatrlar bosh dirijyorlari va ijrochilarining asosisini tashkil etadi. O‘tgan vaqt mobaynida ta’lim muassasasini tugatganlar orasidan musiqa va san’at sohasida mashhur, o‘z kasbiga fidoyi bo‘lgan kadrlar yetishib chiqdi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, professor Z.Haqnazarov, professor Q.Usmonov; Xitoy Xalq Respublikasi xalq artisti, Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘rsatgan artist M.Muhiddinov; ko‘plab Xalqaro konkurslar laureati Yu.Dranga; O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, bastakor A.Nazarov; Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘rsatgan artistlar V.Tarasov va A.Moskalyov; O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist V.Verigin; O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, professor B.Solihov; O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, bastakor G.Xoliqov; Janubiy Afrikada simfonik orkestr rahbari Sh.Lutfrahmonov; Birlashgan Xalqaro qirol akademiyasi a’zosi, qirol M.D.Romanov nomidagi II darajali orden sohibi S.Rahmatov; O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, “Aladdin” estrada studiyasi badiiy rahbari R.Hamroqulov; Turkiya konservatoriyasi o‘qituvchisi B.Matniyozov; AQSh Luiziana shtati Musiqa akademiyasi o‘qituvchisi A.Isoqov; Quvayt musiqa akademiyasi o‘qituvchisi B.G‘afforov; Malayziya musiqa akademiyasi o‘qituvchisi S.Kim; Rossiya Federatsiyasi Samara filarmoniyasi solistlari G.Pirogov va A.Pirogov; Qozog‘iston-Kuba do‘stlik jamiyati vitse-prezidenti, Yevropa kongressi a’zosi, Qozog‘iston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, akademik B.Rustamov kabi bitiruvchilarimiz borligi bilan jamoa a’zolari haqli ravishda faxrlanadilar. 2015 yilda Davlat investitsiya dasturi doirasida akademik litseyning 400 o‘rinli yotoqxonasi mukammal ta’mirdan chiqarildi va zamonaviy jihozlar bilan jihozlandi. Yotoqxona hududida obodonlashtirish, ko‘klamzorlashtirish ishlari olib borildi. O‘quvchilarning yashashlari uchun barcha qulayliklar yaratib berildi. 2016 yilda esa Davlat investitsiya dasturi doirasida akademik litseyning o‘quv binosi mukammal ta’mirdan chiqarildi va zamonaviy jihozlar bilan jihozlandi. Yaratilgan sharoitlar natijasida o‘quvchilarimizning respublika va jahon sahnalarida erishayotgan muvaffaqiyatlari kundan-kunga ko‘payib bormoqda. Bundan tashqari, ta’lim muassasasi o‘quvchilari “Bilimlar bellashuvi”, “Fan olimpiadalari” kabi o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan bilimlar sinovlarining Respublika bosqichida, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi tomonidan tashkil etiladigan turli ijodiy, madaniy, musiqiy, sport tadbirlari va ko‘rik-tanlovlarida sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqdalar. Ayniqsa, yosh ijodkor avlodni har tomonlama qo‘llab quvvatlash, ular orasidan iqtidorlilarini Respublika tanlovlarida kashf qilish va Xalqaro tanlovlarga tayyorlash va olib chiqish maqsadida 2011 yildan 2017 yilgacha an’anaviy trazda Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at akademik litseyining bevosita tashkilotchiligida Madaniyat vazirligi va “Sog‘lom avlod uchun” Xalqaro xayriya fondi hamda O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi bilan hamkorlikda damli va zarbli cholg‘u ijrochilarining Respublika “San’at g‘unchalari” tanlovi o‘tkazib kelinmoqda. 2011-2017 yillarda o‘tkzilgan tanlovlarda respublikamizdan 9-13 yoshdagi kichik hamda 14-16 yoshdagi katta guruh o‘quvchilari orasidan blok fleyta, fleyta, goboy, klarnet, fagot, saksofon, truba, valtorna, tenor, bariton, trombon, tuba va zarbli cholg‘ular ijrochilaridan jami 655 nafar o‘quvchi ishtirok etib, ulardan 245 nafari tanlovning g‘olibligi va sovrinli o‘rinlarini qo‘lga kiritishdi. Aynan Respublika “San’at g‘unchalari” tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, tajriba orttirgan yosh ijrochilarimizdan 52 nafari dunyoning turli mamlakatlarida (Italiya, Fransiya, Polsha, Ozarbayjon, Rossiya, Serbiya, Belorussiya, Qozog‘iston va boshqa) o‘tkazilgan xalqaro tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritishib, Vatanimiz san’atini butun jaxonga targ‘ib etilishida o‘z hissasini qo‘shishdi. Respublika miqyosida o‘tkazilgan tanlovlarda tajriba ortirgan holda, o‘quvchilarimizning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ijrochilik ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish, jahon mumtoz bastakorlarining asarlari, o‘zbek va boshqa xalqlar bastakorlari kuylaridan bahramand bo‘lishlari uchun qulay sharoitlar yaratish, maqsadida damli va zarbli cholg‘ular ijrochilarining “San’at g‘unchalari” respublika tanlovini xalqaro tanlov sifatida o‘tkazilishiga erishildi. 2016 yilning 10-14 may kunlari akademik litseyning bevosita tashkilotchiligida, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, «Sog‘lom avlod uchun» Xalqaro hayriya fondi hamda O‘zbekiston Bastakorlari uyushmasi hamkorligida respublikamizda ilk marotaba damli va zarbli cholg‘u ijrochilarining “San’at g‘unchalari” nomli xalqaro tanlovi o‘tkazildi. Mazkur tanlovda Ozarbayjon, Yaponiya, Qozog‘iston, Rossiya, Germaniya vakillari bilan bir qatorda Respublikamiz vakillari ham faol ishtirok etishdi. Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at akademik litseyining 23 nafar o‘quvchisi mazkur tanlovda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi. Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktyabrdagi “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 226-sonli Qaroriga asosan akademik litseyni 2015/2016 o‘quv yilida bitirigan 3-bosqich o‘quvchilaridan 12 nafari imtiyozli ravishda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilindi. 2017 yil 27-29 aprel kunlari Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at akademik litseyida damli va zarbli cholg‘u ijrochilarining “San’at g‘unchalari” XIX respublika tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda an’anaviy tarzda respublikamizdagi bolalar musiqa va san’at maktablari o‘quvchilari hamda Madaniyat vazirligi tasarrufidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at akademik litseylarning 5-9 sinf o‘quvchilari ishtirok etdi. Ushbu tanlov yosh ijrochilarning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ijrochilik ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish, jahon mumtoz bastakorlarning asarlari, o‘zbek va boshqa xalqlar bastakorlari kuylaridan bahramand bo‘lishlari uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, o‘zbek musiqa madaniyatini yuksak darajaga ko‘tarishga hamda milliy san’atimizni dunyo sahnalariga olib chiqish va iqtidorli yoshlar ijodini targ‘ib etish maqsadida o‘tkazildi. Tanlovning hududiy saralash bosqichlari joriy yilning 18-19 aprel kunlari respublikamizning barcha hududlarida yuqori saviyada o‘tkazilib, unda jami 360 nafar yosh ise’dod sohiblari ishtirok etishdi. Ishtirokchilarning 137 nafari Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi. Tanlovning hududiy bosqichlari “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining hududiy filiallari vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazildi. “San’at g‘unchalari” XIX respublika tanlovida ishtirok etgan ijodkorlar yoshga ko‘ra kichik (11-13 yosh) va katta (14-15 yosh) guruxlarga bo‘lindi hamda qo‘yidagi nominatsiyalar bo‘yicha ishtirok etishdi. Kichik guruxda 10 ta: fleyta, gaboy, klarnet, saksafon (alt), fagot, truba, valtorna, tenor-bariton, tuba, zarbli chol Образовательные стандарты и учебные планыg‘ular. Katta guruxda 11 ta: fleyta, gaboy, klarnet, fagot, saksafon (alt), saksafon (tenor), truba, valtorna, trombon, tuba, zarbli cholg‘ular. Tanlovda ishtirok etgan jami 137 nafar ishtirokchilarning 66 nafari tanlovning sovrinli o‘rinlarini qo‘lga kiritishdi. Ayniqsa Qoraqalpog‘iston Renspublikasi, Toshkent shahar, Andijon, Xorazm, Navoiy, Samarqand viloyatlari bolalar musiqa va san’at maktablari, V.Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at akademik litseyi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at akademik litseyi o‘quvchilari faol ishtirok etishdi.

Yo`nalishlar

San'at

5-9 sinflar uchun "Tasviriy san'at" va "amaliy san'at" yo'nalishlarida chuqurlashtirilgan darslar berib kelinmoqda.

Batafsil
Notiqlik san'ati

Batafsil
Musiqa

Musiqiy ta'lim - bu o'quv dasturida ko'zda tutilgan musiqiy bilimlarni, ko'nikmalarni va qobiliyatlarni o'zlashtirish jarayonidir.

Batafsil

Rahbariyat

Haftalik yangiliklarga a'zo bo`lish